Saudiyaning eng qadimiy va eng kuchli sport klubida Kurash mashg‘ulotlari olib boriladi Saudiya Kurash qo‘mitasi “Riyadh” jang san’ati klubi bilan hamkorlik shartnomasini imzolanganini e’lon qilgan edi. Kelishuvni Saudiya Kurash qo‘mitasi Prezidenti Xolid Al-Mahri va “Riyadh” sport klubi prezidenti shahzoda Muhammad bin Fahd Al-Kabir imzoladi. “Riyadh” sport klubi mamlakatdagi […]
Haydar Farmon: Kurash endilikda Islom birdamlik o‘yinlarida bo‘ladi 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi majlislar zalida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro murabbiylik seminarining rasmiy ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti Haydar Farmon ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. –Kurash biz uchun nafaqat sevimli […]
“Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari” xalqaro konferensiyada muhokama markazida bo‘ldi Joriy yilning 25-aprel kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda kurash sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan […]
Kurashchilar uchun yangi vazn toifasi qo‘shiladi Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining Dubay shahrida o‘tkazilgan Boshqaruv kengashi yig‘ilishida IKA Prezidenti Haydar Farmon tomonidan mazkur masala muhokamaga qo‘yildi. So‘ngi vaqtlarda Kurash sportini AIMS a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha ijobiy kelishuvga erishilganligi va AIMS Prezidenti Stephan Fox tomonidan Kurash vaznlarini muqobillashtirish borasidagi takliflari inobatga […]
“Pahlavod Mahmud” turniri yakunlandi 11-12 aprel kunlari Eron Islom Respublikasining Esferayen shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Kurash bo’yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir bo’lib o’tdi. Ikki kun davomida Esferayen shahridagi “Zeinal-Khan Traditional Wrestling Arena” majmuasi o’z bag’riga 15mingga yaqin muxlislarni yig’di. Birinchi kunda ob-havo biroz noqulay kelishi va […]
XIII Osiyo chempionati vaqti o‘zgardi Eronning Texron shahri mezbonligida o‘tadigan qit’a chempionatini vaqti o‘zgardi. Musulmon olamining eng muqaddas bayramlaridan biri Qurbon hayiti bayrami vaqtiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, ishtirokchilarga qulay shart-sharoit yaratish va mezbon davlatning mavjud imkoniyatlari hisobga olinib Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Osiyo chempionatini o‘tkazish vaqti 6-10 iyun kunlari […]
2024 yilning 4-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi binosida O’zbekiston Kurash Federatsiyasining birinchi chorak yakunlari bo’yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston Kurash Federatsiyasi xodimlari, terma jamoa murabbiylari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy federatsiyalarning Ijrochi deriktorlari ishtirok etdi. Yig’ilishni O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi Raisining birinchi o’rinbosari Kadirov Baxtiyor Sadikovich ochib berdi va […]
Kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi 12-16 mart kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrining Surxon arena majmuasida Kurash bo’yicha Kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi. Musobaqa kutaringki ruhda o’tkazildi. Musobaqada erkaklar: 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg vazn toifasida, ayollar esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, +87 kg vazn toifasida o’zaro kurashishdi. Mutloq vazn […]
Ayni kunlarda Shvetsariyaning Lozzana shahrida Jahon Anti Doping agentligining yillik Simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur simpouzimda Dunyo sport jamoatchiligining eng nufuzli shaxslari, xalqaro sport tashkilotlari raxbarlari, Xalqaro Olimpiya harakati a’zolari ishtirok etishi bilan ahamiyatlidir.Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Vitse–Prezidenti Ziyoviddin Hojiniyazov ham mazkur nufuzli sport tadbirida ishtirok etmoqda.Tadbirlar doirasida janob Hodjiniyazov AIMS Prezidenti Stephan Fox va AIMS Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashdi.O‘zaro do‘stlik va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvlar doirasida Kurash sportining rivoji yo‘lida muhim masalalar muhokama qilindi.Stephan Fox janoblari bundan bir hafta avval IKA Prezidenti janob Haydar Farmon bilan bilan Bankok shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning uzviy davomi sifatida Kurashning AIMS oilasiga qo‘shilishini ijobiy baholadi.A’zolik bo‘yicha barcha tashkiliy va texnik jarayonlarda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.Shuningdek, 7-11 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingham shahrida bo‘lib o‘tadigan Sport Accordning World Sport and Business Summitida Kurashning rasmiy taqdimoti bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.Ma’lumot uchun: AIMS- Sport Accordning tarkibiga kirivchi 5 ta tashkilotlardan biri hisoblanadi.AIMS ning maqsadi har bir alohida sport turini mustahkamlash, tajriba almashish va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishdir. Natijada individual sport XOQ tomonidan rasmiy tan olinishiga erishadi. So‘nggi yillarda AIMSga a’zo bo‘lgan to‘qqizta federatsiya XOQ tomonidan rasman tan olingan.
Kurash AIMSga a’zolik jarayonlarini boshlaydi 5 mart kuni Taylandning Bangkok shahrida IKA prezidenti janob Farman va AIMS prezidenti janob Stefan Foks o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.Uchrashuvda IKAning kelasi aprel oyida Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Sport Accord konventsiyalarida ko‘rgazma ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi hamda IKAning AIMSning rasmiy a’zo bo‘lishi uchun arizasini muhokama qilindi. Uchrashuv […]