Kurashchilar uchun yangi vazn toifasi qo‘shiladi

Kurashchilar uchun yangi vazn toifasi qo‘shiladi

        Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining Dubay shahrida o‘tkazilgan Boshqaruv kengashi yig‘ilishida IKA Prezidenti Haydar Farmon tomonidan mazkur masala muhokamaga qo‘yildi.
        So‘ngi vaqtlarda Kurash sportini AIMS a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha ijobiy kelishuvga erishilganligi va AIMS Prezidenti Stephan Fox tomonidan Kurash vaznlarini muqobillashtirish borasidagi takliflari inobatga olinib, Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi vaznlar 16 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
        Ayni vaqtda kattalar o‘rtasidagi vazn toifalari 15 tani tashkil etadi: 7 ta erkaklar va 8 ta ayollar.
        Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha AIMS talabi asosida Kurashchilar vaznlarini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi–deydi IKA Prezidenti. Biz 7ta erkaklar va 7ta ayollar jami 14 ta vazn qilishimizdan ko‘ra erkaklar vazn toifasiga yana bitta vazn qo‘shishni afzal bilmoqdamiz. Chunki bu kurashchilar uchun ishtirok etish imkonini yanada oshiradi. Yig‘ilish davomida IKA Vitse–Prezidenti Mirabe Iliades, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy va IKA Texnik direktori Ravi Kapurlar tomonidan bir nechta variantlar taklif qilindi.
        Mutaxassislar -120 kg vazn toifasida to‘xtalishdi.
        Yig‘ilishda mazkur masala bo‘yicha Kurash ekspertlarining takliflari olinib, yakuniy qaror uchun takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *