Haydar Farmon: Kurash endilikda Islom birdamlik o‘yinlarida bo‘ladi

Haydar Farmon: Kurash endilikda Islom birdamlik o‘yinlarida bo‘ladi

       29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi majlislar zalida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro murabbiylik seminarining rasmiy ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
       Anjumanda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti Haydar Farmon ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
       –Kurash biz uchun nafaqat sevimli sport balki ayni vaqtda hayotimiz mazmuniga ham aylanib ulgurgan.
       Biz Kurashni dunyoda yanada rivojlantirish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solmoqdamiz.
       Bu borada albatta O‘zbekiston hukumati shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining  qo‘llab-quvvatlashi muhim bo‘lmoqda.
       Bir oy avval Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida Sport akkord tashkilotining Xalqaro biznes va sport sammitida Kurashni taqdimot qildik. Bu Kurash tarixda ilk marotaba bo‘lishiga qaramay unga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni yanada ortishiga xizmat qildi.
       Xalqaro sport tashkilotlari, nufuzli o‘yinlar direksiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdik. Shuni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqchimanki, Kurashni endilikda Islom birdamlik o‘yinlarida ko’rishimiz mumkin. Biz bu bo‘yicha ijobiy kelishuvlarga erishdik.
       Mustaqil tan olingan sport a’zolari ittifoqi (AIMS) a’zoligiga qabul qilinish jarayonini ham amaliy bosqichi boshlandi. Bu borada kerakli masalalar bo‘yicha  sammit davomida AIMS Prezidenti Stephan Fox bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован.