«Pahlavon Mahmud» turniri

“Pahlavod Mahmud” turniri yakunlandi

        11-12 aprel kunlari Eron Islom Respublikasining Esferayen shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Kurash bo’yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir bo’lib o’tdi. 

        Ikki kun davomida Esferayen shahridagi «Zeinal-Khan Traditional Wrestling Arena» majmuasi o’z bag’riga 15mingga yaqin muxlislarni yig’di. Birinchi kunda ob-havo biroz noqulay kelishi va kuchli yomg’ir yog’ganligiga qaramasdan muxlislar Kurashchilarni barcha chiqishlarini olqishlar bilan qullab-quvvatlab turdi. 14ta davlatdan dunyoning eng kuchli va nomdor kurashchilari ishtirokida bahslar haqiqatda dramatik lahzalarga boy bo’ldi.
        -90 va +90 kg vazn toifalarida Kurash va boshqa yakkakurash sport turlarida Jahon chempionlari, Osiyo o‘yinlari g‘oliblari, Olimpiyada o‘yinlari ishtirokchilari bellashdilar. Mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil 
etuvchi mazkur nufuzli Kurash bayrami Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi tomonidan IKA Reyting tizimiga ham kiritilgan bo‘lib, g‘oliblar World Series Pro turniri uchun qimmatli reyting ochkolarini ham qo‘lga kiritadilar. 12-aprel kuni musobaqaning yakuniy final bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqladi.
        -90 kg vaznda O’zbekistonlik Alixon Nodirov birinchi, Eron vakili Masud Quybazo ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu vaznda Tojikistonlik Umar Rasolov va Xaqnazar Nazarov birgalikda uchinchi o‘rinni egalladi.
        +90 kg vazn toifasida O‘zbekistonlik, Jahon chempioni Muxsin Hisomiddinovga teng keladigani topilmadi. Ikkinchi o’rinni esa Kurash vatanining yana bir vakili Asror Hamidov qo’lga kiritdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sohibiga aylandi. Shuningdek, Tojikistonlik Sharifjon Nazarov va Rossiyalik Anton Brachov lar uchinchi o‘rinni egalladi.
         Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir, Eronning 10 dan oshiq teleradiokanallari, Axborot agentliklari orqali keng yoritildi. Bahslar to‘g‘ridan to‘g‘ri Varzish telekanali orqali translatsiya qilindi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован.