«Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari» xalqaro konferensiyada muhokama markazida bo‘ldi

"Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari" xalqaro konferensiyada muhokama markazida bo‘ldi

     Joriy yilning 25-aprel kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda kurash sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan «Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari»  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
      Kurash murabbiyligi bo’yicha 3 oylik onlayn kurs doirasida tashkil etildi.
      Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda universitet prorektorlari, universitetga xorijdan jalb etilgan professorlar, xalqaro kurash instituti, xalqaro kurash assotsiatsiyasi vakillari, kafedra mudirlari, universitetining milliy kurash turlari nazariyasi uslubiyati kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalar, shuningdek, 15 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafar kurash bo’yicha xorijiy mutaxassislar, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
       Konferensiyada IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy so’zga chiqib, kurs va konferensiya ishtirokchilariga omad tiladi. Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar va oldinda turgan muhim rejalar bo’yicha yig’ilganlarga ma’lumot berdi.
       Anjumanda mutaxassislar jismoniy tarbiya va kurash sport turi sohasida o’zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar va muammolar bilan o’zaro o’rtoqlashishdi.
       Shuningdek, anjuman ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida hakamlik qonun-qoidalari bo’yicha tashkil etilgan amaliy mashg’ulot jarayonlarida ham ishtirok etishdi. Anjuman doirasida universitetning Kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan yuqori saviyadagi kurash bo‘yicha universitet birinchiligi tashkil etildi. Mazkur birinchilik xorijlik kurash mutaxassislarining hakamlik bo’yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
        Har bir ishtirokchi bevosita bahslarni boshqarib bordi. Xalqaro Kurash instituti ekspertlari esa ularning chiqishlarini baholab bordilar. Bugun seminarning yakuniy imtihoni bo’lib o’tadi. Undan yuqori darajada baholarni qo‘lga kiritganlar IKAning B litsenzilarini qo’lga kiritishlari mumkin.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован.