XIII Osiyo chempionati vaqti o‘zgardi

XIII Osiyo chempionati vaqti o‘zgardi

         Eronning Texron shahri mezbonligida o‘tadigan qit’a chempionatini vaqti o‘zgardi. Musulmon olamining eng muqaddas bayramlaridan biri Qurbon hayiti bayrami vaqtiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, ishtirokchilarga qulay shart-sharoit yaratish va mezbon davlatning mavjud imkoniyatlari hisobga olinib Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Osiyo chempionatini o‘tkazish vaqti 6-10 iyun kunlari etib belgilandi. Tashkiliy qo‘mita barcha ishtirokchilarni yangi vaqt bilan safar muddatlarini belgilashni so‘raydi. Ayni vaqtda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish IKA Registration system da amalga oshirilmoqda. Unda siz milliy federatsiyangiz uchun ochilgan akkaunt orqali ishtirokchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Tashkiliy qo‘mita tomonidan barcha ishtirokchi davlatlar jamoasi uchun 3 nafardan sportchining yashash va ovqatlanish xarajatlari qoplab beriladi. Shuningdek, chempionat doirasida Osiyo Kurash konfederatsiyasining navbatdagi Kongressi, Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishi, Hakamlik va murabbiylik seminari va imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Mezbon davlatda o‘rnatilgan tartibga asosan barcha ishtirokchi ayollar ro‘mol o‘rashlari shart etib belgilangan. Shuningdek, ayollar uchun bahslar 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va unda erkaklar jamoalari vakillari ishtirok etishlari ta’qiqlanadi. 15 may kuni ishtirokchilarning ro‘yxatga olish to‘xtatiladi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *