Kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi

Kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi

12-16 mart kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrining Surxon arena majmuasida Kurash bo’yicha Kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi. Musobaqa kutaringki ruhda o’tkazildi. Musobaqada erkaklar: 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg vazn toifasida, ayollar esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, +87 kg vazn toifasida o’zaro kurashishdi. Mutloq vazn toifasida erkaklar: 1-o’rin Xurramov Muhammadkarim, 2-o’rin Baxtiyorov Jamshid, 3-o’rin Xisomiddinov Muxsin, 3-o’rin To’rayev Nurbek;  ayollar esa 1-o’rin Muhammadiyeva Yulduz, 2-o’rin Abdujabborova Durdona, 3-o’rin Ro’ziyeva Marjona, 3-o’rin Masharipova Xosiyatlar g’olib va sovrindorlar bo’lishdi. Jamoaviy bahslarda esa 1-o’rin Surxondaryo viloyati, 2-o’rin Toshkent shahar, 3-o’rinlar Buxoro va Samarqand viloyatlari terma jamoalari g’olib bo’lishdi. 

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *