POLVONLАR YURTI BUXORO KURАSH MUSOBАQАLАRIGА MEZBONLIK QILАDI
Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 12 dekabrь 1570-sonli buyrugʼiga asosan shu yil 16-18 dekabrь kunlari Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi “Xumo” sport arenasida kurash boʼyicha 2000-2002 yillarda tugʼilgan yoshlar 50, 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg vazn toifasida, qizlar esa 44, 48, 52, 57, 63, 70, +70 kg vazn toifalarida mamlakat birinchiligi uchun oʼzaro bellashadilar. 19-20 dekabrь kunlari esa kattalar oʼrtasida Oʼzbekiston kubogi (jamoaviy) musobaqalari boʼlib oʼtadi. Kubok musobaqalarida erkaklar 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, +90 kg vazn toifalarida, ayollar - 48 kg, 57 kg, 70 kg, +70 kg vazn toifalarida gilamga chiqadilar. Musobaqaning ochilish marosimida Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov, Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi Ismoil Mirzaev, Oʼzbekiston kurash federatsiyasining Xalqaro aloqa masalalari boʼyicha rais oʼrinbosari Аbdumalik Yoʼldoshev va Oʼzbekiston kurash federatsiyasi sport direktori Davron Qodirov qatnashdilar.