Farg’ona viloyatining Farg’ona tumani Vodil qishlog’ida joylashgan “Chinor tagi” istirohat bog’ida kurash bo’yicha Hamid, Temur va Tursunali polvonlar xotirasiga bag’ishlangan respublika ochiq turniri bo’lib o’tdi.
         1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida an’anaviy respublika ochiq turniri o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi taqvim-rejasidagi mazkur Respublika ochiq turnirida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlaridan 100 nafardan ortiq eng nomdor polvonlar ishtirok etishdi.
         Musobaqaning ochilish marosimida Farg’ona viloyati prokuraturasi bo’lim boshlig’i Sirojiddin G’oziyev hamda Farg’ona tumani hokimi o’rinbosari Ilhom Toshpo’latovlar so’zga chiqib an’anaga aylangan ushbu turnir yildan-yilga geografiyasi kengayib, nufuzi oshib borayotgani, nafaqat qo’shni balki xorijiy davlatlardan ham ushbu turnirda ishtirok etish istagini bildirgan sportchilar safi kengayib borayotganini ta’kidladi.
         Shuningdek, so’zga chiqqanlar ushbu turnirda ishtirok etayotgan barcha sportchilarga halol bellashuvlarda g’alaba va omad yor bo’lishini ta’kidlashdi.
         Marosimda shuningdek, O’zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan ushbu turnirni tashkil etish hamda kurash sportiga munosib hissa qo’shgan viloyat prokuraturasi hamda tuman hokimligiga tashakkurnomalar topshirildi.

           O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona viloyati prokuraturasi hamda viloyat kurash federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnirda erkaklar -66 kg., 73 kg., 81 +90 kg. vazn toifalarida ayollar -57 kg., -70kg., +70 kg., vazn toifalarida bellashishdi. Murosasiz va shiddatli o‘tgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra, qo‘ydagi polvonlar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Erkaklar
66 kg.
1. Avazjon Ashurov (Surxondaryo)
2. Sardor Islomov (Buxoro)
3. Niyozbek Hasanboyea (Namangan)
3. Saidolimxon Munavvarov (Sirdaryo)
73 kg.
1. Ziyodullo Alijonov (Farg‘ona)
2. Oyatillo Rajabov (Farg‘ona)
3. Muhammadrasul Ramanov (Farg‘ona)
3. Manuchir Shirinov (Buxoro)
81 kg.
1. Asadbek Choriyev (Surxondaryo)
2. To‘lqin Ochilov (Qashqadaryo)
3. Shahzod Ochilov (Farg‘ona)
3. Javohir Ahmedov (Surxondaryo)
+90 kg.
1. Baxrom Saitov (Buxoro) 2. Azamat Mo‘minov (Andijon)
3. Asilbek Xolmurodov (Samarqand)
3. Dilshod Bahodirov (Farg‘ona)

Ayollar

57 kg.
1. Azizaxon Tohirjonova (Namangan)
2. Hilola Ortiqboyeva (Sirdaryo)
3. Azizabegim Najimova (Samarqand)
3. Fotima Qodirova (Sirdaryo)
70 kg.
1. Mashhura G‘aniyeva (Samarqand)
2. Muslima Ahmedova (Jizzax)
3. Tillo Xonimqulova (Surxondaryo)
3. Sevinch To‘raqulova (Toshkent sh.)
+70 kg.
1. Pokiza Kamoliddinova (Farg‘ona)
2. Shohista Nazarova (Jizzax)
3. Malika Zohidova (Farg‘ona)
3. Ravzahon Asadova (Toshkent shahri).

           Turnirda birinchi o‘rin sohiblari 800 AQSH dollaridan, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 400 AQSH dollari va ikkita uchinchi o‘rin egalari 200 AQSH dollari bilan mukofotlanishdi.