giá nhà ở hà nội giá nhà ở hà nội được hiển thị rằng đến là 1 mã game đang đê mê sự thân mật lớn từ trường phái nghịch game. Không chỉ thuần tuý là 1 cuộc nghịch Ngoài ra là thưởng thức đầy quánh sắc đến từ thị trường số nhưng mà mình […]
Kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi 12-16 mart kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrining Surxon arena majmuasida Kurash bo’yicha Kattalar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi. Musobaqa kutaringki ruhda o’tkazildi. Musobaqada erkaklar: 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg vazn toifasida, ayollar esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, +87 kg vazn toifasida o’zaro kurashishdi. Mutloq vazn […]
Ayni kunlarda Shvetsariyaning Lozzana shahrida Jahon Anti Doping agentligining yillik Simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur simpouzimda Dunyo sport jamoatchiligining eng nufuzli shaxslari, xalqaro sport tashkilotlari raxbarlari, Xalqaro Olimpiya harakati a’zolari ishtirok etishi bilan ahamiyatlidir.Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Vitse–Prezidenti Ziyoviddin Hojiniyazov ham mazkur nufuzli sport tadbirida ishtirok etmoqda.Tadbirlar doirasida janob Hodjiniyazov AIMS Prezidenti Stephan Fox va AIMS Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashdi.O‘zaro do‘stlik va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvlar doirasida Kurash sportining rivoji yo‘lida muhim masalalar muhokama qilindi.Stephan Fox janoblari bundan bir hafta avval IKA Prezidenti janob Haydar Farmon bilan bilan Bankok shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning uzviy davomi sifatida Kurashning AIMS oilasiga qo‘shilishini ijobiy baholadi.A’zolik bo‘yicha barcha tashkiliy va texnik jarayonlarda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.Shuningdek, 7-11 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingham shahrida bo‘lib o‘tadigan Sport Accordning World Sport and Business Summitida Kurashning rasmiy taqdimoti bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.Ma’lumot uchun: AIMS- Sport Accordning tarkibiga kirivchi 5 ta tashkilotlardan biri hisoblanadi.AIMS ning maqsadi har bir alohida sport turini mustahkamlash, tajriba almashish va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishdir. Natijada individual sport XOQ tomonidan rasmiy tan olinishiga erishadi. So‘nggi yillarda AIMSga a’zo bo‘lgan to‘qqizta federatsiya XOQ tomonidan rasman tan olingan.
Kurash AIMSga a’zolik jarayonlarini boshlaydi 5 mart kuni Taylandning Bangkok shahrida IKA prezidenti janob Farman va AIMS prezidenti janob Stefan Foks o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.Uchrashuvda IKAning kelasi aprel oyida Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Sport Accord konventsiyalarida ko‘rgazma ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi hamda IKAning AIMSning rasmiy a’zo bo‘lishi uchun arizasini muhokama qilindi. Uchrashuv […]