Joriy yilning 17-20 aprel kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan Kurash bo’yicha V Xalqaro Osiyo Kubogi bo’lib o’tdi. Xalqaro musobaqada o’g’il bolalar -55, -65, -77, +77 kg vazn toifalarida; qiz bolalar esa -48, -57, +57 kg vazn toifalarida jami 150 nafar kurashchilar bellashdi. G’olib va sovrindorlar xalqaro sertifikat, medal hamda 1-o’rin uchun 6000000 (olti million) so’m, 2-o’rin uchun 3000000 (uch million) so’m, 3-o’rin uchun 1500000 (bir yarim million) so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan Kurash bo‘yicha V-Xalqaro Osiyo kubogida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar ro’yxati. O’g’il bolalar -55 kg Azadov Ibrohimjon (O‘zbekiston) Boboaliyev Umarjon (Tojikiston) Moxseni Abdul Marouf (Afg‘oniston) Shavkatov Shaxzodbek (O‘zbekiston) -65 kg Abdirasulov Mehriddin (O‘zbekiston) Ramazan Islyam (Qozog’iston) Radjabov Mustafo (Tojikiston) Toshpulatov Barkamol (O‘zbekiston) -77 kg Shomurodov Shohmurod (O‘zbekiston) Chuyanov Mustafo (Tojikiston) Raxmiddinov Abdulloh (O‘zbekiston) Nazari Roxullax (Afg‘oniston) +77 kg Durdiyev Alibek (O‘zbekiston) Vazirov Temurshox (Tojikiston) Teshaboyev Adhamjon (O‘zbekiston) Choi Junxo (Janubiy Koreya) Qiz bolalar -48 kg Abdukodirova Muslima (O‘zbekiston) Babajanova Chinar (Turkmaniston) Umirzoqova Xusniya (O‘zbekiston) Abdugaliyeva Aruna (Qozog’iston) -57 kg Isanbayeva Fotima (Tojikiston) O’ktamova Charosoy (O‘zbekiston) Karimova Mubina (O‘zbekiston) Taalaybekova Luiza (Qirg’iziston) +57 kg Erkinboyeva Dilnura (O‘zbekiston) Mergenova Bilbil (Turkmaniston) Jumamurotova Madina (O‘zbekiston) Sing Aaniya (Hindiston)
Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan Kurash bo’yicha V Xalqaro Osiyo kubogining Jamoaviy bahslarida O’zbekiston jamoasiga yetadigan jamoa topilmadi yakunda birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. 1-o’rin: O’zbekiston jamoasi 2-o’rin: Tojikiston jamoasi 3-o’rin: Turkmaniston jamoasi 3-o’rin: Qozog’iston jamoasi