V Xalqaro Osiyo Kubogi yakunlandi

          Joriy yilning 17-20 aprel kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan Kurash bo’yicha V Xalqaro Osiyo Kubogi bo’lib o’tdi.
          Xalqaro musobaqada o’g’il bolalar -55, -65, -77, +77 kg vazn toifalarida; qiz bolalar esa -48, -57, +57 kg vazn toifalarida jami 150 nafar kurashchilar bellashdi.
          G’olib va sovrindorlar xalqaro sertifikat, medal hamda 1-o’rin uchun 6000000 (olti million) so’m, 2-o’rin uchun 3000000 (uch million) so’m, 3-o’rin uchun 1500000 (bir yarim million) so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan Kurash bo‘yicha V-Xalqaro Osiyo kubogida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar ro’yxati.
       O’g’il bolalar
      -55 kg
      Azadov Ibrohimjon (O‘zbekiston)
      Boboaliyev Umarjon (Tojikiston)
      Moxseni Abdul Marouf (Afg‘oniston)
      Shavkatov Shaxzodbek (O‘zbekiston)
      -65 kg
      Abdirasulov Mehriddin (O‘zbekiston)
      Ramazan Islyam (Qozog’iston)
      Radjabov Mustafo (Tojikiston)
      Toshpulatov Barkamol (O‘zbekiston)
      -77 kg
      Shomurodov Shohmurod (O‘zbekiston)
      Chuyanov Mustafo (Tojikiston)
      Raxmiddinov Abdulloh (O‘zbekiston)
      Nazari Roxullax (Afg‘oniston)
      +77 kg
      Durdiyev Alibek (O‘zbekiston)
      Vazirov Temurshox (Tojikiston)
      Teshaboyev Adhamjon (O‘zbekiston)
      Choi Junxo (Janubiy Koreya)
      Qiz bolalar
       
-48 kg
      Abdukodirova Muslima (O‘zbekiston)
      Babajanova Chinar (Turkmaniston)
      Umirzoqova Xusniya (O‘zbekiston)
      Abdugaliyeva Aruna (Qozog’iston)
      -57 kg
       Isanbayeva Fotima (Tojikiston)
       O’ktamova Charosoy (O‘zbekiston)
       Karimova Mubina (O‘zbekiston)
       Taalaybekova Luiza (Qirg’iziston)
       +57 kg
       Erkinboyeva Dilnura (O‘zbekiston)
       Mergenova Bilbil (Turkmaniston)
       Jumamurotova Madina (O‘zbekiston)
       Sing Aaniya (Hindiston)

       Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan Kurash bo’yicha V Xalqaro Osiyo kubogining Jamoaviy bahslarida O’zbekiston jamoasiga yetadigan jamoa topilmadi yakunda birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
       1-o’rin: O’zbekiston jamoasi
       2-o’rin: Tojikiston jamoasi
       3-o’rin: Turkmaniston jamoasi
       3-o’rin: Qozog’iston jamoasi

Foto reportaj

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *