Joriy yilning 4-7 noyabr kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida Kurash bo’yicha U-15 o’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi.
             Kubok yuqori saviyada tashkillashtirilgan bo’lib, 600 nafardan ko’p sportchilar ishtirok etdi.
             Ochilish marosimida Xorazm viloyati prokurorining birinchi o’rinbosari X. Norqobilov va O’zbekiston kurash federatsiyasi Bosh kotibi A. Eshonkulovlar so’z olib yosh sportchilarga omad tiladi.
             G’olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

      Musobaqa yakkalik va jamoaviy bo’ldi. Jamoaviy bahslarda Buxoro viloyati kurashchilarini qo’li baland keldi. Ikkinchni o’rinni Jizzax viloyati jamoasi, 3-o’rinlarni Samarqand va Navoiy viloyati jamaolari egalladi.