Fransiya poytaxti Parij shahridagi Mercure mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo’yicha xalqaro ochiq turnirga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

           Unda O’zbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Fransiya kurash federatsiyasi vakillari, Yevropa kurash konfederatsiyasi, kurash hakamlari hamda sportchilar ishtirok etishdi.
           Matbuot anjumanini O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining sport ishlari bo’yicha o’rinbosari Uyg’un Umarov ochib, mazkur xalqaro turnirning dunyo madaniyati va san’ati markazlarida biri bo’lgan Parij shahridagi Eyfel minorasi yonida o’tkazilishi an’anaga aylanganini e’tirof etib o’tdi. Shuningdek, ushbu turnirning yildan-yilga nufuzi oshib, jahon sportchilarining e’tiborini tortayotgani va qiziqishining oshishiga turtki bo’layotganini ham e’tirof etdi.

          Mazkur xalqaro ochiq turnirda jahonning 20 dan ortiq davlatidan eng sara 100 nafarga yaqin eng kuchli kurashchilari ishtirok etadi.
Matbuot anjumani yakunida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Reza Nassiri boshchiligida hakamlar hay’ati yig’ilishi ham bo’lib o’tdi.
          Shundan so’ng, mazkur nufuzil musobaqada ishtirok etadigan kurashchi erkaklar -90 kg, +90 kg; ayollar esa -70 kg, +70 kg vazn toifalarida vazn o’lchash marosimida ishtirok etishdi.