Ko’hna qit’aning yuragida joylashgan Parij shahri, Centre Sportif Emile Anthoine maydoni kurash sporti bo’yicha jahonning eng nomdor polvonlari va kurash malikalarini bir joyga jamladi.

          Har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro ochiq turnirda bu safar dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 100 ga yaqin polvonlar ishtirok etdi.
          Nufuzli musobaqaning ochilish marosimi ham bo’lib o’tdi. Unda yurtimizning Fransiyadagi elchisi Nodir G’aniyev, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Rizo Nassirilar so’zga chiqib mazkur turnir yildan-yilga nufuzi va geografiyasi kengayib, dunyoning eng kuchlilarini o’ziga rom etib kelayotganini ta’kidladi. Jumladan, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sport, jumladan kurashga berilayotgan e’tibor va yaratilgan beqiyos sharoitlar sabab bugun milliy sportimiz tom ma’noda o’zbekistonlik hamda xorijlik sportchilar uchun bellashuvlar, halollik, intizom, epchillik kabi yuksak hislatlarning in’ikosi bo’lgan kurashni yangi cho’qqilarni zabt etishi uchun asos bo’layotganligi ham e’tirof etildi.
          Turnir doirasida, Fransiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng namoyon va targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek milliy hunarmandlari, oshpazlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda o‘zbek san’atkorlari tomonidan kontsert dasturlari namiyish etildi.

Fotogaleriya