O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkaziladigan Xalqaro kurash turniri
Hurmatli Kurash oilasi! Qadimiy […]
Hurmatli Kurash oilasi!
Qadimiy qit’ada sevimli kurashimizning navbatdagi bayramini sizlar bilan birga nishonlash niyatidamiz. Sizlarni 23-24 iyul kunlari Italiyaning Rim shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirga taklif etamiz. Shuningdek, O‘zbekiston Kurash federatsiyasiga O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun ushbu nufuzli xalqaro kurash turnirini tashkil etgani uchun hamda Italiya Kurash akademiyasiga ushbu ajoyib tadbirni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Italiya mezbonlik qilayotgan kurash bo‘yicha xalqaro turnir sizlarga manzur bo‘lishiga ishonaman. Italiyaga xush kelibsiz! Yevropa Kurash Konfederatsiyasi Prezidenti MERAMPI ILIADIS
Bu nufuzli Xalqaro turnir tashkilotchilari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi, Yevropa Kurash Konfederatsiyasi, Italiya Kurash Akademiyasi va O’zbekiston Kurash Federatsiyasi hisoblanadi. Xalqaro turnirda 2ta vazn toifasi: erkaklar +100kg va ayollar +87kg vaznda o’zaro kurashadilar.
Xalqaro turnir VIALE DELLE OLIMPIADI, 00135 ROMA RM, ITALY manzilida joylashgan STADIUM NICOLA PIETRANGELI sport komleksida o’tkaziladi.