O’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi o’tkazildi

          Joriy yilning 20-23 iyun kunlari Navoiy viloyati Navoiy shahrida O’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi. Kubogda o’g’il bolalar: 42, 46, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 83, 90, +90 kg vazn, qiz bolalar esa 36, 40, 44, 48, 52, 57, 63, 70, +70 kg vazn toifalarida o’zaro kurashishdi.
          Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, musobaqada Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan kurashchi yoshlar qatnashdi. Musobaqa ochilish marosimida Faxriy qoravul shaxsiy tarkibining sahna ko’rinishlari, Milliy gvardiyaning chiqishlari yosh kurashchilarda boy taassurot qoldirdi. Musobaqa qizg’in va shiddatli bo’ldi. Musobaqa so’ngida g’olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.