Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida kmusobaqa bo’lib o’tdi.

Kurash Germaniyada…

 Ming yillar mobaynida e’zozlanib kelingan milliy merosimiz kurash umumbashariy qadriyatlar bilan uyg’unlashdi. Xalqaro sport maqomiga ko’tarildi. Pirovardida, jahon sport maydonida O’zbekistonning timsoliga aylandi.  

“Kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to’xta” va “yonbosh” kabi o’zbek atamalari esa xalqaro sport lug’ati tarkibidan mustahkam o’rin egalladi.  

Hozirga qadar dunyoning turli davlatlarida 13 marotaba Jahon chempionati, 11 marotaba Osiyo chempionatlari o’tkazildi.

O’zbekning buyuk ajdodlaridan meros bo’lgan kurash sportining boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o’zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning halqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4881-sonli qarori qabul qilingan. 

 Kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilishiga erishish yuqoridagi qarorda yaqqol aks etgan. ayniqsa ustuvor ravishda horijiy davlatlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo’yicha halqaro turnirlarni o’tkazish orqali Kurashni halqaro maydonda rivojlantirish, ommalashtirish bilan O’zbekistonning jahon sport maydonidagi imidjini yuksaltirish, milliy sportimizni yozgi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritishga erishish dolzarb vazifadir.

Shu ma’noda  tashkil etilgan turnir ham kurashimizning halqaro maydondagi yurishida yana bir muhim sana bo’lib tarihga muhrlandi.

7-9 may kunlari Germaniyaning Frankfurt-Maye shahri mezbonlik qilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazilgan halqaro turnir gilamiga erkaklar +81 kg vazn toifasida, ayollar +63 kgda chiqdilar.

Sizu bizning sportimiz kurash o’zining halolligi bilan jahon hamjamiyatida juda tezlik bilan rivojlanayotgan sport turi sanaladi. Hozirgi kelib Kurash Xalqaro assotsiatsiyasining 130 yaqin dalatda federatsiyalari mavjudligi ham buning isbotidir. Bu galgi o’tkazilgan turnir ham Evropa qit’asida o’zbek sporti kurashning yana bir tantanasi bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi, Yevropa kurash konfederatsiyasi, O’zbekiston Kurash federatsiyasi, Germaniya kurash federatsiyasi hamkorlikda tashkil etilgan halqaro turnirda Evropa qit’asining 20 dan ortiq dalatlaridan kuchli polvonlar tashrif buyurdilar.

Ushbu nufuzli turnirda yurtimiz sharafini taniqli polvonimiz O’zbekiston chempioni, Osiyo chempionati kumush medal sohibi Shohruh Usmonov himoya qildi. Qizlar o’rtasida esa Gulasal Haydarova gilamga chiqdi.

Natijalar esa qo’yidagicha: 

Ayollar -63kg

1.   Liskin Sandra (Polsha)

2.   Gedutite Zubavi Siene (Latviya)

3.   Podleniskiy Lorena (Ruminiya)

3.Haydarova Gulasal (O’zbekiston)

 81 kg (erkaklar)

1.   Kolobik aleksandra (Serbiya)

2.   Usmonov Shohruh (O’zbekiston)

3.   Jonata Martin (Slovakiya)

3.Goldhammer Jan Niklos (Germaniya)

Kecha turnir ishtirokchilari yurtimizga qaytib keldilar.

1 reply on “Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida kmusobaqa bo’lib o’tdi.”

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *