Kurash Germaniyada… Ming yillar mobaynida e’zozlanib kelingan milliy merosimiz kurash umumbashariy qadriyatlar bilan uyg’unlashdi. Xalqaro sport maqomiga ko’tarildi. Pirovardida, jahon sport maydonida O’zbekistonning timsoliga aylandi. “Kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to’xta” va “yonbosh” kabi o’zbek atamalari esa xalqaro sport lug’ati tarkibidan mustahkam o’rin egalladi. Hozirga qadar dunyoning turli davlatlarida 13 marotaba Jahon chempionati, 11 marotaba Osiyo chempionatlari o’tkazildi. […]