Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida Kurash bo’yicha U-17 yoshlar (o’g’il va qiz bolalar)o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi.
       Musobaqaning rasmiy ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati Prokurori o’rinbosari Xolmahmat Kulliyev so’zga chiqib, ko’hna Qarshi shahri mezbonlik qilayotgan mazkur musobaqa yurtimizning yosh va umidli sportchilarini bir joyga jamlaganini ta’kidlar ekan, barchaga g’alaba yor bo’lishini tiladi. Shuningdek, Xolmahmat Kulliyev uch ming yillik tarixga ega kurash yildan-yilga geografiyasini kengaytirib millionlab sportchilarni birlashtirayotgani, ushbu sport yo’nalishida yurtimizdan eng nomdor sportchilar yetishib chiqayotganinini e’tirof etib, mazkur musobaqani rasman ochiq deb e’lon qildi.
        Ochilish marosimida shuningdek, O’zbekiston Kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov ham so’zga chiqib, yurtimizda bo’lib o’tayotgan har bir musobaqa, turnirga yuqori darajada tayyorgarlik ko’rilayotgani, ishtirok etayotgan barcha toifadagi sportchilar esa yuqori darajadagi mahorat va g’oliblik uchun shijoatlarini namoyon etayotganliklarini e’tirof etdi.

         Jamoaviy bahslarda:

         1-o’rin: Qashqadaryo viloyati
         2-o’rin: Xorazm viloyati
         3-o’rin: Surxondaryo viloyati
         3-o’rin: Toshkent shahri