Toshkent Kurash bo’yicha harbiylar oʻrtasidagi “I Jahon harbiy chellenji”ni o’tkazdi.

          Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasining Yakkakurashlar sport majmuasida kurash boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi “I Jahon harbiy chellenji”ning tantanali rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
          Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutladi va barchaga omad yor bo‘lishini tiladi.
          “I Jahon harbiy chellenji”ning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qahramon Isroilov hamda Xalqaro harbiy sport kengashi bosh kotibi Roberto Rechchi o‘zbek kurashining jahon hamjamiyatidagi o‘rni va uning ahamiyati haqida so‘z yuritib, harbiy xizmatchilarning bu sport turiga tobora qiziqishi ortib borayotganini e’tirof etishdi.
          Ochilish marosimida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *