Kurash bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig’inlarida

             Kurash bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi sportchilarini xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishishlari uchun O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan o‘quv-mashg‘ulot yig’inlari tashkillashtirildi.
          Jumladan, joriy yilning 6-19 may kunlari Toshkent viloyatining Angren shahridagi Dukent sport bazasida kurash sporti bo‘yicha terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig’inlari bo’lib o’tmoqda. Bunda O’zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgalikda Xitoy Taypey davlati sportchilari ham o’quv-mashg’ulot o’tashmoqda.

Kurash bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari joriy yilning 22-25 may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo kubogi hamda 2026 yilning 11-15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rmoqda.

            Terma jamoa murabbiylari Rizamat Soliyev boshchiligida sportchilarga kurashning sir-asrorlarini o’rgatishmoqda. Jumladan, sportchilar bilan muntazam mashg’ulotlar olib borish, ularga kurashning texnik xusisiyatlari borasida ham saboqlar berilmoqda. Shuningdek, ularga terma jamoa shifokori Shohruhxo’ja Azizov antidoping masalalarida tushunchalar berib, vitaminlardan to’g’ri foydalanish bo’yicha tavsiya hamda psixologik maslahatlar berib kelmoqda.
            Shu bilan birga bir haftalik o’quv-mashg’ulot yig’inlari hamda seminarlarda ishtirok etgan bir guruh Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tizimidagi sportchilarga federatsiyaning sertifikatlari topshirildi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *