Kichik o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.

           Andijon viloyatining Andijon shahridagi Universal sport majmuasida Kurash bo’yicha U-13 kichik o’smirlar (o’g’il va qiz bolalar) o’rtasida O’zbekiston chempionati musobaqasi bo’lib o’tdi.
           Tadbirni ochilish marosimini Andijon viloyati prokurori o’rinbosari Utayev Uktam Choriyevich hamda O’zbekiston kurash federatsiyasining Bosh kotibi Eshonkulov Alisher Panjiyevichlar ochib berdi va kelajagimiz egalari bo’lgan bu kichik o’smirlar kelgusida jahon arenalarida yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarib, O’zbekiston nomini dunyoga tanitishda o’zlarining munosib hissa qo’shishlarini ta’kidladilar. So’zga chiqqanlar barchaga omad va g’alabalar yor bo’lishini tilab, musobaqani rasman ochiq deb e’lon qilishdi.
           Chempionatning ochilish marosimida O’zbekiston madhiyasi yangradi.
           Ushbu chempionatda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 1000 nafarga yaqin kurashchilar ishtirok etdi.
           Musobaqaning so’ngida Andijon viloyati prokurori Murodullo Togayevich Abduxakimov so’zga chiqib, yuqori saviyada o’tkazilgan ushbu musobaqaga kelgan barcha ishtirokchilar va yig’ilganlarni samimiy muborakbod etdi. Yakunda mazkur musobaqani o’tkazishda munosib hissa qo’shgan bir guruh kurash fidoyilari tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Fotolavhalar

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *