V Xalqaro Osiyo Kubogining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

        Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Kurash milliy sporti bo‘yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan V Xalqaro Osiyo kubogining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
        Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximovich Raximov, viloyat prokurori – Xorazm viloyati kurash federatsiyasi raisi Muradxon Musaxanovich Ahmedov, O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining sport masalalari bo’yicha o’rinbosari Uyg’un Umarov va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi texnik direktori Ravi Kapurlar ishtirok etdi.
        Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovich Raximov yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan sportni, jumladan o’zbek xalqining 3 ming yillik tarixga ega kurash milliy sport turini yanada ommalashtirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli kurash sport turi jahon maydonlarini zabt etayotgani, sportchilarning eng sevimli sport turiga aylanayotganini ta’kidladi. Viloyat hokimi J.Rahimov so’zining yakunida g’alaba uchun gilamga chiqqan har bir polvonga Pahlavon Mahmud bobomizning yo‘lini, shijoatini tilab, ushbu xalqaro turnirni ochiq deb e’lon qildi.
        Tantanali marosimda shuningdek, Xorazm viloyati prokurori Muradxon Musaxanovich Ahmedov ham nutq so’zlab, mazkur nufuzli musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning milliy kurashimizga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashini ta’kidladi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *