Termiz shahridagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida Kurash sport turi bo’yicha U-17 yoshlar (o’g’il va qizlar) o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Rasmiy ochilish marosimida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo’minjonov so’zga chiqib, polvonlar yurti bo’lgan Surxondaryo viloyati mezbonlik qilayotgan U-17 o’g’il bolalar va qizlar o’rtasidagi O’zbekiston chempionati kurash sportining dovrug’ini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etishi, uning nufuzining oshishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha sportchilarga g’alaba yor bo’lishini tiladi. Chempionatda jami 20 ta vazn toifasida 700 nafardan ortiq sportchilar o’zaro bellashdi. G’olib va sovrindor bo’lgan yoshlar respublikaning yoshlar terma jamoasi sifatida xalqaro musobaqalarda xususan Urganch shahrida bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan V Osiyo kubogi musobasiga qatnashadi.