Mamlakatimizda o‘zbek xalqining tarixiy merosi bo‘lmish kurash sport turini ommalashtirish, rivojlantirish, uni O‘zbek brendi sifatida dunyoga tanitish, umumjahon durdonasiga aylantirish borasida qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kurashning nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan kurash sportini rivojlantirishga doir qabul qilinayotgan qarorlari hamda ularning bevosita qo‘llab-quvvatlashi natijasida kurash keng omma tomonidan xalqaro sport turi sifatida e’tirof etilmoqda. Shu ma’noda, millatimiz faxri bo‘lgan Kurashni yanada rivojlantirish, uni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-450-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan 2025 yilda eng yaxshi natijalarga erishgan bir guruh sporchilar, murabbiylar, hakamlar hamda kurash sportini rivojiga ulkan hissasini qo‘shgan qator faollar orasida “Yilning eng yaxshilari”ni e’tirof etish hamda nominatsiya g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Sadikovich Kadirov ochib berib, o‘z so‘zida 2025 yilni kurash sporti rivojidagi muhim bosqich sifatida baholadi. Xususan, Janubiy Koreyada o‘tgan Osiyo chempionati, Bahrayndagi Yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan VI Islom Birdamligi o‘yinlaridagi sportchilarning ulkan yutuqlari alohida ta’kidlandi. Tadbirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muxammad Rizo Nassiri, Xalqaro kurash instituti rektori Xabibulla Tadjiyev, O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, unda Kurash – o‘zbek xalqining 3 ming yillik tarixga ega muqaddas merosi ekanligi, joriy yil kurashchilar, murabbiylar va federatsiya vakillarining fidokorona mehnati tufayli yangi g‘alabalarga boy yil bo‘lganligi e’tirof etildi. Taqdirlash marosimida g‘oliblarga diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.
"Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi"nominatsiyasi g'olibi Jo'rayev Sherali To'rayevich!
"Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi" nominatsiyasi g'olibi
Nazarova Shoxista Alisher qizi!
"Yoshlar o'rtasida yilning eng yaxshi kurashchisi" nominatsiyasi g'olibi
G'olibov Shohjahon Zavqiddinovich!
"Yoshlar o'rtasida yilning eng yaxshi kurashchisi" nominatsiyasi g'olibi
Tursunova Durdona Bekmurod qizi!
"Yilning eng yaxshi treneri" nominatsiyasi g'olibi
Maxmudov G'ulom Abduraximovich!
"Yilning eng yaxshi hakami" nominatsiyasi g'olibi
Qurtov Hikmat Hasanovich!
"Yilning eng yaxshi federatsiyasi" nominatsiyasi g'olibi
Buxoro viloyati kurash federatsiyasi!
"Yilning eng faol federatsiya raisi" nominatsiyasi g'olibi
Xorazm viloyati kurash federatsiyasi raisi, viloyat prokurori
Axmedov Murodxon Musaxonovich!
"Yilning eng faol kurash targ'ibotchisi"
nominatsiyasi g'olibi
Matlatibova Maftuna Nuraddin qizi!