Kurash sport turini ommalashtirish borasida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh sportchilar, murabbiylar va kurash fidoyilari taqdirlandi.

          Bugun O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasida Kurash sport turini nafaqat yurtimizda, balki xorijda yanada ommalashtirish borasida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh sportchilar, murabbiylar va kurash fidoyilari taqdirlandi.
          Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Sport vaziri o’rinbosari Murad Ismailov, Milliy Olimpiya Qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Baxtiyor Kadirov hamda O’zbekiston kurash federatsiyasi raisi yordamchisi Sardor Karimovlar so’zga chiqib, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan kurash sport turiga ulkan e’tibor qaratilayotgani bu esa o’z navbatida milliy sport turimizning Jahonda va Osiyoda keng quloch yoyayotgani, ulkan yutuq hamda g’alabalarga turtki bo’layotganini e’tirof etishdi.


           Taqdirlash marosimida sportchilar, murabbiylar hamda hududiy federatsiya rahbarlariga O’zbekiston Respublikasi sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni, Tashakkurnomasi va O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining tashakkurnomalari topshirildi.

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 6 sentabr –  “Kurash” milliy sport turi kuni etib belgilangan.
           Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025 yil 4 sentabrdagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, kurash milliy sport turini mamlakatimizda va jahonda targ‘ib qilish, uni ommalashtirish, nufuzini yanada oshirishi, yosh sportchilarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, sadoqat va qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazishda qo‘shgan salmoqli hissasi, ko‘p yillik samarali mehnat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun

“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan

          – Kurash bo‘yicha Milliy terma jamoasi a’zosi Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi;

            – Kurash bo‘yicha Milliy terma jamoasi a’zosi Esonov Umid Mansur o‘g‘li;

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tashakkurnomasi bilan

         – Kurash bo‘yicha Milliy terma jamoasi a’zosi Jo‘rayev Sherali To‘rayevich;

        – Kurash bo‘yicha Milliy terma jamoasi a’zosi Qahhorova Komila Musurmon qizi;

O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining tashakkurnomasi bilan

          – Kurash bo‘yicha Milliy terma jamoasi bosh treneri Soliyev Rizomat Aralovich;

          – Kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Pardayev Sobir Quvondiqovich;

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *