Xorazm viloyati kurash federatsiyasi raisi “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

             Mamlakatimizda 6 sentabr “Kurash” milliy sport turi kuni munosabati bilan yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona vatanga muhabbat, istiqbol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan hissasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmatlari va yaqindan hamkorligi uchun bir qator sportchilar, kurash murabbiylari hamda davlat xizmatchilari “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
             O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari B.Kadirov hamda O’zbekiston kurash federatsiyasi raisi yordamchisi S.Karimovlar ushbu kun munosabati bilan kurashga qo’shgan ulkan hissasi uchun Xorazm viloyati prokurori, viloyat kurash federatsiyasi raisi M.Axmedovga mukofotni topshirdilar.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *