Andijon viloyatining Xonobod shahrida sportning kurash turi bo'yicha Andijon viloyati prokurori kubogi uchun "Xonobod Open" respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.
Andijon viloyati Xonobod shahridagi istirohat bog’ida sportning kurash turi bo’yicha Andijon viloyati prokurori kubogi uchun “Xonobod Open” respublika ochiq turnirini bo’lib o’tdi. Musobaqaning ochilish marosimida Andijon viloyati prokurori Murodillla Abduhakimov, O’zbekiston kurash federatsiyasi raisi o’rinbosari Uyg’un Umarovlar so’zga chiqib, ilk bor tashkil etilgan ochiq xalqaro turnir kurash sportining dovrug’ini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi. Shuningdek, mazkur turnir nafaqat yurtimiz, balki xorijlik kurashchilarni bir joyga jamlaganligi uning nufuzining oshishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha sportchilarga g’alaba yor bo’lishini tiladi. Turnirning ochilish marosimida O’zbekiston madhiyasi yangradi. Shundan so’ng, Estrada xonandalari o’z qo’shiqlari bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi. Ma’lumot uchun mazkur xalqaro ochiq turnirda Eron, Qirg’iziston, Tojikiston hamda yurtimizdan 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan bahslarda erkaklar birinchi kuni -81 kg, -90 kg, +90 kg vaznda; ayollar +70 kg vazn toifalarida o’zaro bellashdi. Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar -66 kg, -73 kg; ayollar esa -57 kg va -70 kg vazn toifalarida gilamga chiqdi. Uchinchi kuni mutloq vazn toifasida Bosh sovrin Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kurash bahslari bo’lib o’tdi.
Turnirning uchunchi kuni Mutloq vaznda tadbirning taqdirlash marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Qo’shaqboyevich Abdurahmonov va Andijon viloyati prokurori Murodullo Togayevich Abduxakimovlar so’zga chiqib, ilk bor o’tkazilgan kurash sporti bo’yicha “Xonobod Open” xalqaro turniriga kelgan barcha ishtirokchilar va yig’ilganlarni samimiy muborakbod etishdi. Musobaqaning mutloq vazn toifasida g’olib bo’lgan Bekmurod Oltiboyevga, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Qo’shaqboyevich Chevrolet Cobalt mashinasi kalitini topshirdi. Mutloq vazn toifasida kechgan bahslar g’olibi va sovrindorlari. 🥇 Oltiboyev Bekmurod – 🇺🇿 🥈 Jo’rayev Sherali – 🇺🇿 🥉 Xolyorov Botir – 🇺🇿 🥉 Baxtiyorov Shohruxxon – 🇺🇿 Sportchilarga medal, diplom, qimmatbaho sovg’alaridan tashqari Musobaqa g’olibi Bosh sovrin Chevrolet Cobalt mashinasini, 2-o’rin 40 million so’m, 3-o’rinlar 15 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.