O‘zbekiston kurash federatsiyasining va uning quyi tizimlari (hududiy federatsiyalar) tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi

           O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida O‘zbekiston kurash federatsiyasining va uning quyi tizimlari (hududiy federatsiyalar) tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
              Yig‘ilishni O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari B.S.Kadirov ochib berdi va dastlab,  “Yilning eng yaxshilari” nominatsiyalari g’oliblarini taqdirladi.

1. Yilning faxriy kurashchisi - Ismoilov Ulug'bek
2. Yilning erkak kurashchisi - Otabek Hasanov
3. Yilning ayol kurashchisi - Hilola Ortiqboyeva
4. Yilning eng yosh o'g'il bola kurashchisi - Shohmurod Shomurodov
5. Yilning eng yosh qiz bola kurashchisi - Mubinabonu Karimova
6. Yilning erkak murabbiyi - Rizomat Soliyev
7. Yilning ayol murabbiyi - Manzura Tursunova
8. Yilning erkak hakami - Iskandar Muxammatov
9. Yilning ayol hakami - Gulmira Ismatova
10. Yilning eng yaxshi va faol hududiy federatsiyasi - Xorazm viloyati kurash federatsiyasi
11. Yilning eng faol kurash sport turini yoritgan telekanali - O'zbekiston 24

             Taqdirlashdan so’ng, 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi.
             Oʻzbekiston kurash federatsiyasining quyi tizimlarida (hududiy federatsiyalarida), 2024-yil mobaynida jami 4706 ta kurash musobaqalari oʻtkazildi.
             Mahallalardan boshlab oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari doirasida “besh bosqichli” kurash sport turi boʻyicha “Bosh prokuror kubogi” final bosqichiga qadar, 2023-yilda 346 ming nafar yoshlar, jumladan 89 ming nafar qizlar qamrab olingan bo‘lsa, 2024-yilda esa 484 ming yoshlar, jumladan 182 ming nafar qizlar ishtirok etdi.
          2024-yilning 20-dekabr kuni Albaniya davlatining Tirana shahrida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasining — “ISSA” oʻtkazilgan 13-Bosh assambleyasida, kurash sport turi rasman 2025-yilda Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan Islom birdamligi oʻyinlariga kiritildi.
            Yigʻilish davomida 2024-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston kurash federatsiyasi xodimlari, ijrochi direktorlari, hakamlari, murabbiylari va kurashchilari orasida “Yilning eng yaxshilari” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblari ishtirok etishdi.

Fotolavhalar

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *