Kurash kuni munosabati bilan bir guruh kurash fidoyilari munosib taqdirlandilar.

         6-sentabr Kurash milliy sport kuni munosabati bilan, O’zbekiston kurash federatsiyasi taqdimnomasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 5-sentabrdagi 01/1341-A/F-sonli buyrug’iga asosan milliy kurashimizni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi hamda ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlar, sportchilar, murabbiylar va hakamlar munosib taqdirlandilar.
        Jumladan, “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan:
       – Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti – Khodjiniyazov Ziyoviddin Nurullayevich;

           – Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi – Mohammad Reza Nassiri;


           – Sirdaryo viloyati kurash federatsiyasi raisi, Sirdaryo viloyati prokurori – Imatov Savid Bazarbaevich;

        – Kurash bo’yicha ikki karra Osiyo o’yinlari g’olibi, besh karra Jahon chempioni, Osiyo chempioni, ko’plab xalqaro turnirlar g’olibi – Xisomiddinov Muxsin Muxammadsaidulloyevich;

         – Kurash bo’yicha Jahon chempioni, Osiyo chempioni, xalqaro turnirlar g’olibi – Kamoliddinova Pokizaxon Akramjon qizi.

       
          Vazirlik tashakkurnomasi bilan:
          – Xorazm viloyati kurash federatsiyasi ijrochi direktori – Palvanov Artik Maksudbekovich;
     


         – Kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam – Uklonov Firuz Abdurashid o‘g‘li;

           – Kurash bo‘yicha hakam – Kidirbayeva Juldiz Serik qizi;


         – Kurash bo‘yicha murabbiy – Mirxomidova Umidaxon Oribjon qizi;

          Hamda O’zbekiston kurash federatsiyasi raisi, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tomonidan O’zbekiston kurash federatsiyasining bir guruh xodimlariga tashakkurnomalar berildi.
          Jumladan, 
          – O’zbekiston kurash federatsiyasining bosh hisobchisi – G’aybullayev Eldor G’aybulla o’g’liga;
          – O’zbekiston kurash federatsiyasining yuriskonsulti – Nishonov O’tkir Rejamatovichga;
          – Kurashning ayollar bilan ishlash mutaxassisi – Ruziyeva Zulxumor Xamidjonovnaga;
          – O’zbekiston kurash federatsiyasining xo’jalik ishlari boshqaruvchisi – Ortikov Narkuli Xolboyevichga;
          – O’zbekiston kurash federatsiyasining xodimlar va maxsus ishlar bo’yicha bosh inspektori vazifasini bajaruvchisi – Ismanova Yulduz Xusanovnaga;
          – Terma jamoa yoshlar murabbiyi – Ravshanov Olim Xangeldiyevichga;
          – Terma jamoa ayollar murabbiyi – Raxmatova Dilfuza Quvvatovnaga.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *