Kurash sport turini yanada ommalashtirish, gender tenglikni ta'minlash hamda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
Bugun O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi binosida “Kurash sport turini yanada ommalashtirish, gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. Seminarda, – O’zbekiston Respublikasi Sport vaziri – Adham Ikromov; – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisi – Malika Kadirxanova; – O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Ozoda Parpibaeva; – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari – Svetlana Artikova; – O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi – Oybek Kasimov; Shuningdek, seminarda kurash federatsiyasining barcha xodimlari, murabbiylari, kurash sport turi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining Jahon, Osiyo chempionatlari hamda Osiyo o’yinlari g’olibi va sovrindor qizlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar harbiy xizmatchilari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat hududiy federatsiyalari vakillari ishtirok etdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan Seminar so’ngida esdalik sovg’alar topshirildi.