Kurashni ommalashtirish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi
Joriy yilning 31-may 2-iyun kunlari, Farg’ona viloyatining, Farg’ona tumani, Vodil qishlog’ida, Kurash sport turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida Respublika ochiq turniri bo’lib o’tadi.
Ochiq turnir oldidan Farg’ona viloyatining, Qo’qon shahridagi O’rda maydonida, Kurash bo’yicha mahorat darsi va o’smirlar o’rtasida musobaqa tashkil etildi. Mahorat darsi yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, tadbirni Qo’qon shahar hokimi Usmonov Maruf Azamovich ochib berdi.
Mahorat darsida 5 karra Jahon, 2 karra Osiyo o’yinlari g’olibi Hisomiddinov Muhsin, Jahon chempioni Mamatraximov Jamshid, Jahon chempioni Kamoliddinova Pokizaxon hamda Jahon chempioni, Osiyo o’yinlari g’olibi Artiqboyeva Hilolaxonlar master-klass, kurash usullarini ko’rsatib berishdilar.