AIMAG 2021 da Kurash 15 ta vazn toifasida o‘tkaziladi

AIMAG 2021 da Kurash 15 ta vazn toifasida o‘tkaziladi

        2021 yilda o‘tkazilishi belgilangan Koranavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan Yopiq inshoatlar va jang san’atlari bo‘yicha 6-Osiyo o‘yinlari joriy yilda 21-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 
        Osiyo olimpiya kengashi tomonidan har 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladigan mazkur nufuzli sport bayramida nafaqat Osiyo balki Okeaniya qit’asi davlatlari ham ishtirok etadi.
        30 ta sport turi 60 ta ishtirokchi davlat va 290 ta medallar jamlanmasi uchun bahslar Taylandning Bangkok va Chonburi shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan.
        Mazkur nufuzli o‘yinlar dasturidan Kurash sporti ham rasman o‘rin olgan bo‘lib Kurash bahslari Chonburi viloyatining Pattaya shahrida bo‘lib o‘tadi.
        Kurash bo‘yicha bellashuvlar 15 ta vaznda to‘liq tashkil etiladi.
        Ma’lumot uchun: 2013 yilda Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan Yopiq inshoatlar va jang san’atlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari birlashtirilgan edi. 2013 yilda Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan o‘yinlarda Kurash bahslari 8 ta vazn toifasida tashkil etilgan bo‘lsa, 2017 yil Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘yinlar doirasida Kurash bo‘yicha bellashuvlar 15 ta vazn toifasida o‘tkazilgan.
         Ayni paytda Milliy olimpiya qo‘mitalari tomonidan ishtirokchilarni ro‘yxatga olish davom ettirilmoqda

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *