O‘zbekiston kurash federatsiyasi 2024 yil musobaqalariga START bermoqda! 7-10 fevral kunlari Andijon viloyati Andijon shahrining Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida bo’lib o’tadigan bu musabaqani kichik yoshdagi o‘smir yigitlar va qizlar boshlab berdilar. 7-10 fevral kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati gilamiga 38, 42, 46, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 83, +83 vazn toifasidagi o‘smir yigitlar hamda 33, 36, 40, 44, 48, 52, 57, 63, +63 vazndagi qizlarimiz chiqdilar.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki ushbu musobaqa joriy yilning 3-5 iyul kunlari Rossiya federatsiyasining Yakutiya shahrida o‘tkaziladigan “Osiyo bolalari” o‘yinlariga saralash vazifasini o‘tab, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yigit va qizlar bunday nufuzli musobaqada qatnashish imkonini qo‘lga kiritdilar