Xabar berganimizdek, Jizzah viloyatining Zarbdor tumanida kurash va belbog’li kurash bo’yicha yoshlar va kattalar o’rtasida bo’lib o’tgan an’anaviy halqaro turnir unutilmas lahzalarga boy bo’ldi.
“Polvonlari ko’p yurt-qudratli bo’lur” shiori ostida o’tgan ushbu turnirda mamlakatimiz polvonlari qatorida qo’shni Qirg’iziston, Qozog’iston va Tojikiston davlatlaridan 500 nafardan ortiq sportchilar g’oliblik uchun o’z vaznlarida kurashishdi.
Turnir Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan hamda O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston belbog’li kurash federatsiyasi, O’zbekiston kurash federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida o’tkazildi.
Bahslarda kurash bo’yicha erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg.da kuch sinashishdi. Belbog’li kurash bo’yicha erkaklar 55, 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg.da bellashishdi. ayollar esa kurash bo’yicha 48, 52, 57 kg. vazn toifalarida gilamga chiqishdi. Shuningdek, har ikkala sport turi bo’yicha erkaklar o’rtasida mutlaq vaznda ham kuchlilar aniqlandi.
Kurash va belbog’li kurash bo’yicha har bir vazn toifasida 1-o’rinni qo’lga kiritgan polvonlar 5.000.000 so’mdan, 2-o’rin sohiblari 3.000. 000 so’mdan, ikkita 3-o’rinni qo’lga kiritgan polvonlar 1.500.000 so’mdan, mutlaq vaznda g’olib bo’lgan sportchilarga 2 ta “НЕХИА-3” rusumdagi yangi avtomobil, 2-o’rinni qo’lga kiritgan polvonlarga 30.000.000 so’mdan hamda 3-o’rinni band etganlar 10.000.000 so’mdan pul mukofotlariga ega bo’lishdi.
Mutlaq vazn toifalarida g’oliblik shohsupasiga Muhsin Hisomiddinov (kurash) va Nodir ahadjonov (belbog’li kurash) ko’tarilib, ularga “Нехиа-3” rusumli avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.
Bellashuvlar davomida o’z vaznlarida qo’yidagilar g’olib chiqishdi:
Kurash (erkaklar): 60 kg. Do’stmurod G’afforov (Jizzah). 66 kg. Otabek Hasanov (Navoiy). 73 kg. asqar Xayrullaev (Samarqand). 81 kg. Umar Bozorov (Toshkent sh.). 90 kg. Erkin Qozoqov (Toshkent sh.). +90 kg. Muhsin Hisomiddinov (Surhondaryo). Kurash (ayollar): 48 kg. Shahlo Hamidova (Qashqadaryo). 57 kg. Iroda Mamashoeva (Surhondaryo). 70 kg. Shahnoza Bozorova (Navoiy).
Belbog’li kurash (erkaklar): 55 kg. Jamoliddin Ne’matullaev (Namangan). 60 kg. Oyatilla Tillaboev (andijon). 66 kg. Oybek Sultonov (andijon). 73 kg. Holmirza Hasanboev (O’zDJTSU). 81 kg. Husniddin Ro’ziev (andijon). 90 kg. Shohjahon Ortiqov (ROZK). 100 kg. Zaylobiddin Ortiqov (O’zDJTSU). +100 kg. Muhammadjon Iskandarov (andijon).