Ko’hna qit’aning yuragida joylashgan Parij shahri, Centre Sportif Emile Anthoine maydonida kurash sporti bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turniri bo’lib o’tdi. Musobaqaning ochilish marosimida yurtimizning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiev hamda Yevropa kurash konfederatsiyasi prezidenti Janob Merampi Iliadislar so’zga chiqib mazkur turnir yildan-yilga nufuzi va geografiyasi kengayib, dunyoning eng kuchlilarini o’ziga rom etib kelayotganini ta’kidladi. Jumladan, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sport, jumladan kurashga berilayotgan e’tibor va yaratilgan beqiyos sharoitlar sabab bugun milliy sportimiz tom ma’noda o’zbekistonlik hamda xorijlik sportchilar uchun bellashuvlar, halollik, intizom, epchillik kabi yuksak hislatlarning in’ikosi bo’lgan kurashni yangi cho’qqilarni zabt etishi uchun asos bo’layotganligi ham e’tirof etildi. Mazkur nufuzli musobaqa davomida Fransiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng namoyon va targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek milliy hunarmandlari, oshpazlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda o‘zbek san’atkorlari tomonidan kontsert dasturlari namoyish etildi.
Xalqaro turnirda g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilar ro’yxati. Erkaklar 90 kg Sadinov Samandar – O’zbekiston Melih Topcu – Turkiya Qozoqov Jonibek – O’zbekiston Fereol Alexandre – Fransiya +90 kg Jo’rayev Sherali – O’zbekiston Papanikolaou Panagiotis – Gretsiya Oltiboyev Bekmurod – O’zbekiston Caillon Cedric Benjamin – Fransiya
Ayollar 70 kg Rachael Hawkes – Buyuk Britaniya Schuhlein Isabelle – Germaniya Hebert Nolwenn – Fransiya Stamouli Christina – Gretsiya +70 kg M’bairo Anne – Fransiya Nun Chloe Jessica – Buyuk Britaniya Mill Aylin – Germaniya Kubranur Esir – Turkiya