Buxoro shahri O’smirlar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Kurash bo'yicha U-15 O'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati

          Buxoro shahrida joylashgan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Kurash bo’yicha U-15 o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.
          Rasmiy ochilish marosimida Buxoro viloyat hokimi Botir Komilovich Zaripov so’zga chiqib, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda sportga berilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi.
          So‘nggi yillarda sport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy sport majmualari qurish, yoshlar va professional sportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani, aynan shu yuksak e’tibor va yaratilayotgan qulay sharoitlar tufayli bugun bizning kurashchilarimiz xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurtimiz sha’nini himoya qilmoqda, – dedi tabrik so’zida Botir Zaripov.
          Buxoro viloyat hokimi Botir Komilovich Zaripov, o’z nutqida barcha sportchilarga omad yor bo’lishini tilab, musobaqani ochiq deya e’lon qildi.
          Ochilish marosimida shuningdek, O’zbekiston Kurash federatsiyasi raisining yordamchisi Sardorbek Ravshanbekovich Karimov ham so’zga chiqib, U-15 o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionatini yuqori saviyada tashkil etishda ulkan hissa qo’shgan viloyat hokimligi rahbariyatiga o’z minnatdorligini bildirdi. Sardor Karimov bellashuvlarda halollik va shijoat, mahoratini namoyish etadigan sportchilarga g’alaba yor bo’lishini tiladi.
           

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *