Navoiy viloyatining Navoiy shahrida 9-13 fevral kunlari Kurash bo’yicha kattalar o’rtasidagi O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqaning ochilish marosimida Navoiy viloyati prokurori Abdukaxor Fayzulloyevich Mullajanov so’zga chiqdi. Viloyat prokurori musobaqaga tashrif buyurgan barcha sportchilar, ularning murabbiylari hamda tomoshabinlarni ushbu sport bayrami bilan qutlar ekan, 3 ming yillik tarixga ega kurashning xalqaro nufuzi yildan-yilga oshib borayotgani, bu sport turi bilan yurtimizda shug’ullanayotganlar soni keskin ko’payganini e’tirof etdi. Abdukaxor Mullajanov shuningdek, mazkur musobaqa barchani ezgu maqsadlar yo’lida yanada jipslashtirishini ta’kidlab, kurashchilarga omad va zafarlar tilab, musobaqani rasman ochiq deb e’lon qildi. Shundan so’ng, oshilish marosimida O’zbekiston kurash federatsiyasining yordamchisi Sardorbek Ravshanbekovich Karimov hamda federatsiya raisining birinchi o’rinbosari Baxtiyor Sadikovich Kadirovlar so’zga chiqib, 2026 yildagi ilk yirik musobaqani tashkil etishda yordam bergan barchaga minnatdorlik bildirar ekan, bellashuvlarda halollik va shijoat, mahoratini namoyish etadigan sportchilarga g’alaba yor bo’lishini tiladi. Shundan so’ng O’zbekiston madhiyasi jarang sochdi. Yakunda ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etishda ulkan hissa qo’shganlar O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Musobaqa ko’tarinki ruhda yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Dastlab yakkalik bahslarda jami erkaklar 8 ta -60, -66, -71, -83, -90, -100, -120, +120 kg ayollar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78, -87, -87 kg vazn toifalarida bo’lib o’tdi. Musobaqaning so’ngi kunida jamoaviy bahslar bo’lib o’tdi. Yakunda Toshkent shahri jamoasi O’zbekiston kubogini qo’lga kiritdi. Buxoro viloyati jamoasi 2-o’rin, Sirdaryo hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoalari 3-o’rinni egallashdi.