“Kurash” ilmiy-ommabop elektron jurnalining ilk sonini siz azizlarga taqdim etishdan mamnunmiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida ushbu nomdagi o’zbek, rus va ingliz tilidagi jurnal chop etish belgilangan. Ushbu qaror ijrosidan kelib chiqib “Kurash” ilmiy-ommabop elektron jurnali tayyorlandi va taqdim etilmoqda. Jurnalda soha fidoyilarinig tabriklari, dil so’zlari, kurash sport turida ulkan yutuq va marralarni zabt etib kelayotgan polvonlar va kurash malikalari haqida qiziqarli maqola, suhbatlar, musobaqa va turnirlar haqida yangiliklar o’rin olgan. O’ylaymizki, ushbu jurnal kurash sportiga qiziqadigan barcha-barchaga sohaga oid eng so’nggi va yorqin lahzalarni taqdim etib boradi.