Kurash bo’yicha U-13 kichik o’smirlar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionatiga start berildi.

        Namangan shahridagi Barkamol avlod sport majmuasida Kurash bo’yicha U-13 kichik o’smirlar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
        Ochilish marosimida so’zga chiqqan O’zbekiston kurash federatsiyasi raisi yordamchisi Sardorbek Karimov uch ming yillik tarixga ega kurash sporti yildan-yilga jahon sporti o’yinlari qatoridan mustahkam joy olayotgani, kurashimizning yana bir nufuzli musobaqa joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn davlatida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi qit’a o‘yinlari dasturiga kiritilganligini mamnuniyat bilan e’tirof etish lozimligini ta’kidladi va barcha sportchilarga muvaffaqiyat va g’alabalar yor bo’lishini tiladi.
        Musobaqaning ochilish marosimida shuningdek, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Otabek Bazarov ham so’zga chiqib, Namangan nafaqat gullar shahri, balki so’nggi yillarda turli sport musobaqalari uchun mezbon shaharga aylangani ta’kidlab, yosh sportchilarga kelgusida jahonning eng nufuzli musobaqalarida ham yurtimiz bayrog’ini yuqori ko’tarishiga tilakdosh ekanini e’tirof etib o’tdi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *