Qozog’iston Respublikasining Ostona shahrida bo’lib o’tayotgan “V – Butunjahon ko’chmanchilari o’yinlari” xalqaro musobaqasi doirasida kurash bahslari yakunlandi.
Qayd etib o’tish lozimki, kurash bahslarida 27 mamlakatdan 200 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi.
Jami 8ta vaznda bo’lib o’tgan kurash bahslarida O’zbekiston terma jamoa kurashchilari 6ta, yani 5ta oltin, 1ta kumush medallari bilan musobaqani yakunladi.
Erkaklar o’rtasida 60kg vazn toifasida Murodillayev Mirodil oltin medal;
66 kg vazn toifasida Xasanov Otabek oltin medal;
73kg vazn toifasida Yo’ldoshev Jamshid oltin medal;
83 kg vazn toifasida Tojiyev Arslon oltin medal;
Ayollar o’rtasida 70 kg vazn toifasida Turdiyeva Muxlisa oltin medal;
87 kg vazn toifasida Kamoliddinova Pokizaxon kumush medallar bilan taqdirlandi.