Bugun O’zbekiston kurash federatsiyasida terma jamoa murabbiylari bilan yig’ilish bo’lib o’tdi

        Bugun O’zbekiston kurash federatsiyasida, Qozog‘istonning Ostona shahrida etnosport turlari bo‘yicha “Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi kurashchilarini tayyorgarligi holati va terma jamoa ishtirokini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

       Yig’ilishni O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Baxtiyor Sadikovich Kadirov olib bordi va terma jamoa murabbiylaridan kurashchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi a’lo darajada bo’lishi, har bir kurashchiga alohida e’tiborli bo’lishini ta’kidladi.
       Shuningdek yig’ilishda, Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy mahorati maktabi direktori Avaz Asrorxo’jayev ham ishtirok etdi va O’zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan qo’yilayotgan vazifa va topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlarini, terma jamoa kurashchilarini doimiy nazoratini olib borish lozimligi haqida to’xtaldi.
       Yig’ilish so’ngida “Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari” xalqaro musobaqasida kurashchilarga omad va zafarlar tiladi. Oltin medallar bilan Yurtimizga yorug’ yuz bilan kelishiga ishonch bildirdi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *