O‘zbekiston kurash federatsiyasida jamoatchilikka asoslangan ilmiy kengash tuzish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston kurash federatsiyasida, federatsiyani jamoatchilikka asoslangan ilmiy kengashini tuzish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

         Bugun O‘zbekiston kurash federatsiyasida jamoatchilikka asoslangan ilmiy kengash tuzish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
         Yig‘ilishda ilmiy kengash Raisi, o‘rinbosari va a’zolari tarkibi saylab olindi.
         Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi  PQ 4881-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, «Kurash usullari», «Kurash texnikasi va o‘qitish metodikasi», «Yangi o‘rganuvchilar uchun kurash», «Kurash hamma uchun», «Kurash usullarini o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish vazifasi  ko‘rib chiqildi.
         Ishtirokchi olimlar bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan va o‘z yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar bildirishdi.
         Yuqorida nomlari keltirilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash mezonlarini ishlab chiqish va zamon talablariga mos ravishda tanlov e’lon qilish va eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma mualliflarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish taklifini ilgari surdilar.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *