Bugun “Osiyo Bolalari” o‘yinlari doirasida Kurash bo‘yicha birinchi kun bahslari bo‘lib o‘tdi. Yakutsk shahridagi Elly Botur sport kompleksida 5 ta vazn toifasida Kurash bellashuvlari o‘tkazildi. Yosh kurashchilarning o‘ziga xos shijoat maydoniga aylangan Kurash gilami qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha Kurash vatani vakillari birinchi, Qozog‘iston ikkinchi va Mo‘g‘ilistonlik kurashchilar uchinchi o‘rinda borishmoqda. Kurash bahslari ertaga ham davom etadi. Dastlabki kun g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing! O‘g‘il bolalar -42 kg 1. Ibroxim Jovliyev-O‘zbekiston 2. Temur Turmanidze-Qozog‘iston 3. Demin Dmitrii -Rossiya 3. Ivan Popov-Rossiya -60 kg 1. Firdavs Niyatillayev-O‘zbekiston 2. Ismail Salauat-Qozog‘iston 3. Farid Nagiyev-Rossiya 3. Ignat Endovitskii-Rossiya -71 kg 1. Shohmurod Shomurodov-O‘zbekiston 2. Batjargal Mungundul-Mo‘g‘iliston 3. Magomed Kumukov-Rossiya 3. BOUTROS TARABAY -Livan
Qiz bolalar: -36 kg 1. Olloberganova Mohinur-O‘zbekiston 2. Talgat Nazym-Qozog‘iston 3. Vanika-Hindiston +63 kg 1. Gulshirin Qahramonova-O‘zbekiston 2. LI Yi Chen-Xitoy Taypeyi 3. Singx AANYA-Hindiston 3. Buralkinova Shariz-Qozog‘iston