Issiqko‘l barchani o‘ziga chorlaydi

Issiqko‘l barchani o‘ziga chorlaydi

        Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi taqvimidan joriy yilda ko‘plab muhim va nufuzli Kurash musobaqalari o‘rin olgan.
        Sentyabr oyida Astana shahrida 5-bora Dunyo Ko‘chmanchilar o‘yinlari va oktyabr oyida Toshkent shahrida World Series Pro xalqaro turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
        Noyabr oyida esa Tayland qirolligi Yopiq inshoatlar va jang san’atlari bo‘yicha VI-Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
        Milliy federatsiyalar tomonidan mazkur o‘yinlar doirasida bo‘lib o‘tadigan Kurash musobaqalariga esa tayyorgarlik hozirdan boshlab yuborilgan.
        Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi 2023 yildan boshlab sportchilarning musobaqalarda yuqori darajada tayyorgarligini oshirish, o‘ziga xos tajriba almashinuvini ta’minlash maqsadida Qirg‘izistonning Issiqko‘l vodiysida xalqaro o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlarini tashkil etib kelmoqda.
        An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan Issiqko‘l o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari joriy yilning 4-18 avgust kunlariga belgilangan.
        Qirg‘iziston Kurash federatsiyasi tomonidan o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha tegishli Dastur asosida ish olib bormoqda.
        Joriy yilda Kurash mashg‘ulotlari zali, trenajor, yugurish yo‘laklari bo‘yicha barcha kamchiliklar bartaraf etilgan.
        Ishtirokchilarning mashg‘ulotlar yakunida maroqli hordiq olishlari uchun madaniy tadbirlar, kichik sayohatlar tashkil etish rejalashtirilgan.
       Ayni vaqtda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, viza xujjatlarini rasmiylashtirish boshlab yuborilgan.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *