Milliy va xorijiy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida kurash musobaqasi o'tkazildi
Joriy yilning 17-18 may kunlari Toshkent shahridagi Toshkent Moliya universitet sport majmuasida Milliy va xorijiy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasidagi kurash musobaqasi o’tkazildi. Unda erkaklar 4 ta vazn: – 66 kg, 73 kg, 81 kg, +81 kg. Ayollar esa 3 ta vazn: – 52 kg, 63 kg, +63 kg toifalarida bellashdilar. Musobaqa kutaringki ruhda o’tkazildi va musobaqani tantanali ochilish marosimini O’zbekiston Respublikasi Sport vazirining o’rinbosari Shaxrillo Sharipovich Maxmudov ochib berdi. Musobaqa so’ngida g’olib va sovrindorlarga qimmatbaho esdalik sovg’alar topshirildi.