Saudiyaning eng qadimiy va eng kuchli sport klubida Kurash mashg‘ulotlari olib boriladi

Saudiyaning eng qadimiy va eng kuchli sport klubida Kurash mashg‘ulotlari olib boriladi

      Saudiya Kurash qo‘mitasi “Riyadh” jang san’ati klubi bilan hamkorlik shartnomasini imzolanganini e’lon qilgan edi.
      Kelishuvni Saudiya Kurash qo‘mitasi Prezidenti Xolid Al-Mahri va “Riyadh” sport klubi prezidenti shahzoda Muhammad bin Fahd Al-Kabir imzoladi.
      “Riyadh” sport klubi mamlakatdagi eng qadimiy va jang san’atlari ixtisoslashgan eng kuchli sport klubi hisoblanadi. Mazkur klubning Saudiya bo‘ylab 10 dan ortiq mashg‘ulot zallari mavjud. Unda 50 nafardan ortiq xalqaro toifadagi trenerlarda 3 mingdan ortiq sportchilar mashg‘ulot olib boradi.
       Saudiya Kurash qo‘mitasi Prezidenti Xolid Al-Mahrining ma’lum qilishicha: bitim o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish va eng yaxshi natijalarni ta’minlash uchun moddiy-texnik yordam ko‘rsatish orqali xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
       E’tiborlisi, jang san’atlarini tayyorlash bo‘yicha eng kuchli klublardan biri bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, bir nechta o‘quv markazlarida kurashning turli yosh toifalaridagi murabbiy va o‘yinchilarining malakasini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar yo‘lga qo‘yiladi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *