O'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati

         2024-yilning 17-20 aprel kunlari Xorazm viloyati, Urganch shahrining Yoshlik sport majmuasida “Kurash bo’yicha O’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati” bo’lib o’tdi. Chempionat yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, unda o’g’il bolalar: 42, 46, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 83, 90, +90 kg vaznlarda, qiz bolalar esa 36, 40, 44, 48, 52, 57, 63, 70, +70 kg vaznlarda o’zaro kurashdilar. G’olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.