2024 yilning 4-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi binosida O’zbekiston Kurash Federatsiyasining birinchi chorak yakunlari bo’yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston Kurash Federatsiyasi xodimlari, terma jamoa murabbiylari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy federatsiyalarning Ijrochi deriktorlari ishtirok etdi. Yig’ilishni O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi Raisining birinchi o’rinbosari Kadirov Baxtiyor Sadikovich ochib berdi va olib bordi. Yig’ilishda O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi Raisining yordamchisi Sardorbek Ravshanbekovich Karimov ishtirok etdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli Qarori ijrosini taminlash bo’yicha 2024 yil 1-aprelga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyatlarda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobatlar tinglandi va O’zbekiston Kurash Federatsiyasi xodimlari, ijrochi deriktorlar, hakamlar, murabbiylar va sportchilarning Odob-axloq Kodeksi va Nizomi loyihasi ko’rib chiqildi va muhokamaga qo’yildi.